Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirğizistonlik hamkasbi Almazbek Atamboyevga minnatdorlik bildirdi. U Qirğizistondagi vaziyat barqarorlaşganini aytdi va uning vakolati muddatiga yakuniga yetgaç ham, ikki davlat örtasidagi munosabatlar rivojlanişiga umid bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.

"Avvalgi beqarorlik davrida (Atamboyevning) sa'y-harakatlari tufayli vaziyat nafaqat yaxşilandi, balki, mening fikrimça, ijobiy rivojlaniş yönalişiga qarab özgardi", - dedi Putin RFda davlat taşrifi bilan bölib turgan Atamboyev bilan uçraşuvda.

"Sizni tabriklamoqçiman va prezidentligingiz paytida qilingan narsalar davom ettirilişiga umid bildirmoqçiman", - deya qöşimça qilib ötdi Putin.

Atamboyevning prezident lavozimidagi muddati joriy yilning kuzida öz nihoyasiga yetadi.