Örta yer dengizida kema falokatga uçraşi oqibatida 120 dan köproq kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda 19 iyunda Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lum qildi.
"Palermoda migratsiya taşkiloti xodimlari tomonidan yiğilgan ma'lumotlar ötgan dam oliş kunlari Örta yer dengizida kema falokatga uçraşi 126 muhojirning halok bölişiga olib kelgan bölişi mumkinligi haqida sözlamoqda", deb ma'lum qildi taşkilot vakili Flavio Di Jakomo.
Sitsiliya OAV ma'lumotlariga köra, kema 16 iyunga ötar keçasi Liviya sohillari yaqinida falokatga uçragan. U haqda xalqaro taşkilotga qutqarilib, Palermo portiga yetkazilgan ikki sudanlik ma'lum qilgan. Sudanliklardan taşqari, yana ikki nigeriyalik ham omon qolgan. Ularning aytişiça, ular ketayotgan damlangan qayiq ortidan liviyalik muhojir taşuvçilar yetib olib, qayiqning motorini olib qöyganlaridan keyin u çökib ketgan.
15 iyundan 18 iyungaça bölgan 4 kunlik davr içida Örta yer dengizida 4,5 mingdan köproq muhojirga yordam körsatilgan.
Joriy yil boşidan Örta yer dengizidan Yevropaga 77 mingdan köproq muhojir va qoçqinlar yetib kelgan. Dengizni keçib ötiş vaqtida 1828 kişi halok bölgan.












