Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini YeIning Afğoniston böyiça maxsus vakilini tayinladi. Bu haqda taşqi işlar böyiça Yevropa xizmati bayonotida aytiladi.
Xabarga köra, bu lavozimga xizmatning yuqori lavozimli mansabdori Rolan Kobia tayinlangan. Ayni damda u YeIning Myanmadagi vakolatxonasi rahbari lavozimini egallaydi. Maxsus vakil asosiy vazifasiga Yevroittifoqning Afğoniston hamda mintaqada uzoq muddatli tinçlik va farovonlikni ta'minlaşni qöllab-quvvatlaş kiradi.
Maxsus vakil 2017 yilning 1 sentabr kuni yangi lavozimda iş boşlaydi va YeIning Afğonistondagi vakolatxonasi rahbari Per Mayodon bilan qalin hamkorlik qiladi.












