OnePlus kompaniyasi flagmanlarning törtinçi avlodini "xatlab ötdi" - OnePlus 3'dan keyin OnePlus 5 namoyiş qilindi. Aftidan, bu xitoyliklarning irimlari bilan boğliq: 4 raqami xitoy tilida "ölmoq" fe'li bilan bir xil talaffuz qilinadi. Hi-Tech şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.

OnePlus 5 taşqi körinişidan tim qora rangdagi iPhone 7 Plus'ga öxşab ketadi. Unda ikki kamera, logo, antennalar uçun plastik asos, yon tomonidagi klavişlar kabilarning joylaşuvi takrorlanadi. Yangi qurilma Apple mahsulotidan USB Type-C va quloqçinlar ulagiçlari, şuningdek Home tugmali ekran va barmoq izlari skaneri bilan ajralib turadi.
Taqqoslab köring:

OnePlus 5'ning xususiyatlari:
Displey: 5,5 dyuym, Full HD, Optic AMOLED;
Protsessor: Snapdragon 835 — 8 yadro 2,4 GGts çastotada;
Xotira: 6 yoki 8 Gb LPDDR4X va 64 yoki 128 Gb UFS 2.1;
Kamera: asosiy 16+20 Mp va frontal 16 Mp;
Batareya: 3300 mAs Dash Charge tezkor quvvatlagiç bilan;
Tizim: Android 7.1.1, OxygenOS.
6/64 Gb xotirali OnePlus 5 modeli 479 dollarga baholanmoqda. 8/128 Gb'li tönğiç model esa - 539 dollar.
















