«Qirğiziston prezidenti bilan muzokaralar döstona va konstruktiv muhitda ötdi», deya ta'kidlagan muzokaralar yakuni böyiça öz fikrini bildirar ekan, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.
«Çorak asr mobaynida davlatlarimiz örtasida barça yönalişlarda hamkorlik özaro hurmat, tomonlarning manfaatlari hisobga olingan holda paydar-pay ravnaq topib bordi va haqqoniy strategik şeriklik darajasiga yetişdi», — dedi Putin.
Putin Atambayevga Qirğiz respublikasida rus tiliga bölgan e'tibor uçun taşakkur bildirdi.
«Qirğiziston prezidenti bu lavozimda öz işini yakunlayotganidan xabardormiz. Almazbek Şerşenoviçga Rossiya-Qirğiziston munosabatlari uçun amalga oşirgan işlari, xususan, Qirğizistonda rus tilining rivojlanişi va uni qöllab-quvvatlagani uçun taşakkur bildiraman. Biz bunga yuqori baho beramiz», — dedi Putin
Rossiya va Qirğiziston özaro savdo aylanmasidagi pasayişni yengişga muvaffaq bölişdi, va 2017 yilning 1 kvartalida ösiş 27 foizni taşkil etdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin. Rossiya Qirğiziston iqtisodiyotiga beminnat yordam körsatişda davom etmoqda, dedi u.
Rossiya va Qirğiziston KXŞT va ŞHT doirasida antiterror sohasida hamkorlikni yanada kuçaytiriş haqida kelişib olişdi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
«Qirğizistonlik hamkorlarimiz bilan terrorizm va ekstremistik mafkuraning tarqatilişiga qarşi kuraşiş yölida jips hamkorlik qiliş borasida şartlaşib oldik. Xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, jumladan, KXŞT va ŞHTning maxsus tuzilmalari doirasida hamkorlikni kuçaytirişni muhokama qildik», — dedi Putin.
Rossiya va Qirğiziston terrorçilik va uni moliyalaştirişga qarşi kuraşişni kengaytiradi, deyiladi Rossiya va Qirğiziston örtasidagi strategik şerikçilik va ittifoqçilikni mustahkamlaş haqidagi deklaratsiya matnida. Uşbu deklaratsiya bugun har ikki davlat prezidentlari tomonidan imzolandi.
«Tomonlar terrorçilik, uni moliyalaştiriş, ekstremizmning boşqa tajovuzkorona körinişlari, turli şakldagi transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşişda hamkorlikni yanada kengaytirişadi», — deyiladi deklaratsiya matnida.
Rossiya Federatsiyasining Qirğizistonda joylaşgan harbiy bazasi Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlaydi, dedi RF prezidenti Vladimir Putin Almazbek Atambayev bilan bölib ötgan muzokaralari yakunida.












