Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning Moskvaga qilgan davlat taşrifi yakunlari böyiça tomonlar Qirğizistonning Rossiya oldidagi qarzidan keçiş masalasi böyiça kelişib olişdi.
Seşanba kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev örtasida muzokaralar bölib ötdi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari iştirokida sakkizta hujjat imzolandi. Har ikki davlatning moliya vazirlari 2012 yil 20 sentabrda taqdim etilgan kredit böyiça Qirğizistonning Rossiya oldidagi qarzdorligini tartibga soliş böyiça hukumatlararo bitimning dalolatnomasini imzolaşdi, deb xabar beradi RBK.
“Qirğiston tomonidan qarzdan keçiş borasida murojaat böldi, biz hamkorlarimizga peşvoz çiqdik va bugun 240 million AQŞ dollari hajmidagi qarzdan keçiş haqida dalolatnoma imzolandi”, — deya tuşuntirgan RBKga Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov. Vazirning sözlariga köra, bitim davlat dumasi tomonidan ratifikatsiya qilingaç, kuçga kiradi.












