Prezident Şavkat Mirziyoyevning "Özbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021 yillarda ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatişni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga ikki oylik muddatda quyidagi vazifalar belgilab berildi:
- Respublika markazlari va ularning filiallarini, şuningdek, turdoş ixtisoslaştirilgan tibbiyot taşkilotlari va hududiy köp tarmoqli tibbiyot markazlarining ixtisoslaştirilgan bölimlarini, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarini profilaktika, diagnostika va bemorlarni davolaşning ixtisoslaştirilgan turlari bilan ta'minlaş uçun tibbiyot uskunalari, instrumentlar bilan jihozlaş standartlarini zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda qayta körib çiqiş va tasdiqlaş;
- Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda moddiy-texnika bazani doimiy ravişda yangilaş, dori vositalari va zarur sarflaş materiallari, tibbiyot uskunalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlaş uçun zarur bölgan Respublika markazlarining rentabelligi darajasini ta'minlaşni, şuningdek, xodimlar mehnatiga haq tölaş şartlarini hisobga olgan holda körsatilayotgan tibbiy xizmatlarga tariflarni şakllantirişning yangilangan umumiy qoidalari va metodikasini tasdiqlaş;
- Özbekiston Respublikasining çet elga davolaniş uçun jönab ketayotgan fuqarolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilişning amaliy mexanizmlarini joriy etiş böyiça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiş.
Şuningdek Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi:
- 2018 yil 1 yanvargaça Respublika markazlari bilan birgalikda tegişli ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamlardan foydalanişga, şu jumladan, imtiyozli toifalarni alohida hisobga olgan holda yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanişga muhtoj bölgan bemorlarning doimiy yangilanadigan yagona elektron bazasini taşkil etiş;
- 2019 yil 1 yanvargaça barça ixtisoslaştirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarida vraç qabuliga masofadan turib yoziliş imkonini beruvçi elektron dastur joriy etilişini ta'minlaş;
- manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yetakçi xorijiy klinikalar va markazlar bilan hamkorlik qiliş böyiça Respublika markazlariga doimiy asosda kömaklaşiş.
Bundan taşqari, 2022 yil 1 yanvargaça bölgan muddatda:
- aholiga pulli tibbiy xizmatlar körsatuvçi soğliqni saqlaş davlat tizimining tibbiyot taşkilotlari (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) soliqlarning barça turlarini va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarni tölaşdan ozod etilsin, böşaydigan mablağlar tibbiyot taşkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlaşga va unga servis va texnik xizmat körsatişga, ehtiyot qismlar, sarflaş materiallari, inventar va boşqa tibbiy buyumlar xarid qilişga, yangi binolar va inşootlarni qurişga, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaşga yönaltiriş;











