Özbekistonning “Kvarts” AJ Xalqaro Biznes taşabbuslar direksiyasi (BID) tomonidan “International Star for Leadership in Quality” (Sifat sohasidagi yetakçilik uçun Xalqaro yulduz) mukofotini qölga kiritdi.

“Kvarts” AJ — Örta Osiyoning eng yetakçi korxonalaridan biri bölib, 1975 yilda işga tuşirilgan. “Kvarts” kompaniyasi faoliyatiga quyidagilar kiradi: şişa idişlar, sayqallangan şişalar, şuningdek, çiniqqan şişalar işlab çiqariladi.

“International Star for Leadership in Quality” mukofoti, Parij

2017 yil 9 aprel kuni Parijda ötkazilgan tantanali marosimda BID Prezidenti Xose Priyeto “Kvarts” AJ boşqaruv raisi A.Pölatovga “International Star for Leadership in Quality” xalqaro mukofotini topşirdi.
Ta'kidlaş joizki, joriy yil “Kvarts” korxonasi nafaqat Özbekiston, balki Örta Osiyo mamlakatlari içida mazkur xalqaro tanlovda qatnaşgan yagona iştirokçidir. Uşbu nufuzli mukofot “Kvarts” korxonasining modernizatsiya va işlab çiqarişni kengaytiriş, mavjud texnologiyalarni energo-samaradorligini yuksaltiriş, xodimlar malakasini oşiriş, xalqaro standartlarga qat'iy amal qiliş böyiça tinimsiz xarakatlari natijasida taqdim etildi.

Tanlovning tanlaş jarayonida quyidagi jihatlarga alohida e'tibor berilgan:

  • mijozlar talabini qondiriş;
  • innovatsiya;
  • xodimlar malakasini oşiriş;
  • doimiy ösiş;
  • ISO 9001 tizimi;
  • atrof-muhitga ta'siri;
  • xom-aşyoni qayta işlatiş;
  • boşqaruv;
  • iqtisodiy körsatkiçlar;
  • marketing.

Ma'lumot örnida: Biznes taşabbuslar direksiyasi (BID) – sifatning yuqori standartlarini tadbiq etiş, dunyo böyiça yirik korxonalar faoliyatini monitoring va taxlil qiliş bilan şuğullanib, akademik va muhandislik sektoriga ega malakali professionallar guruhi tomonidan boşqariladigan xalqaro taşkilotdir.

Sönggi 10 yil içida BID konvensiyasi Parij, London, Madrid, Jyeneva, Frankfurt va Nyu-York şaharlarida ötkazildi va unda dunyoning 119 mamlakatidan turli kompaniya va taşkilotlar vakillari qatnaşdi. Konventsiyada jahonning sifat soxasidagi yetakçilari va ekspertlari tanlov qatnaşçilariga öz ovozlarini berişgan.