Jamiyat | 08:05 / 22.06.2017
23579
2 daqiqa o‘qiladi

"Bi-bi-si" efirida kutilmagan holat: teleboshlovchi bir necha daqiqa indamay o‘tirdi (video)

Britaniyaning "Bi-bi-si" telekanalidagi yangiliklar boshlovchisi Hyu Edvards texnik nosozlik tufayli jonli efirda bir daqiqadan ko‘proq vaqt davomida indamay o‘tirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Guarduan xabar bermoqda.

Teletomoshabinlar kutilmagan tanaffusdan emas, balki jurnalistning qovog‘i soliq holda o‘tirishini tushunishmagan – shu bilan birga, jimjitlikni “Tezkor xabar” lavhasi bir necha bor “buzgan”. Shundan so‘ng telekanal o‘z ishini ma'lum muddatga to‘xtatdi.

Dastur to‘rt daqiqadan keyin tiklandi. Edvards yangiliklarni salomlashish va texnik nosozlik uchun uzr so‘rash bilan boshladi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

"Tezkor xabar: Hyu ishlashdan bosh tortmoqda", - deya yozgan _ranabanna.

"Avvaliga Hyu Edvardsning tashvishli yuzi, keyin esa "Bi-bi-si" efirni to‘xtatdi. Xuddi qiyomat yuz berayotgandek", - deya hazil qilmoqchi bo‘lgan Gadgeagoogoo taxallusi ostidagi foydalanuvchi.

 
"Kimdir esa ishidan ayrildi", - deya ta'kidlaydi walker_ajw.

"Bi-bi-si" jamoasiga cheksiz hurmat – hammasini tezlik bilan tiklashdi. Men “Tezkor xabar” lavhasini ko‘rib tashvishlanib qoldim", - deya tan olgan tashalouise6.

"Bi-bi-si" ofisida hozir nimalardir ro‘y bermoqda", - deyiladi KnightDamian izohida.

"Hyu Edvards ikki daqiqa davomida Tereza Mey va uning jamoasi haqida yaxshi nimani aytish mumkin ekani haqida o‘yladi, biroq baribir hech narsa topa olmadi", - deb yozadi thereselite.

Teleboshlovchining o‘zi esa mikroblogida qovog‘i soliq holatdagi fotosuratini joylashtirdi va og‘ir ish kunidan so‘ng yaxshilab hordiq chiqarishini aytdi.

Mavzuga oid