Isoqjon qori Begmatov: “Namoz o‘qimasang ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deyish mutlaqo noto‘g‘ri”

Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toshkent shahridagi "To‘xtaboy ota" jome masjidi imom-xatibi Isoqjon qori Begmatov bo‘ldi. Biz u kishi bilan Ramazon oyining so‘nggi dahalari va uning fazilatlari haqida suhbatlashdik.
"Allohning rahmatiga sazovor bo‘lgan banda, albatta, uning mag‘firatiga ham erishadi. Allohning mag‘firatiga erishgan bandalar esa jahannamdan ozod bo‘lishadi va jannatga kiradi.
Hozir biz Ramazon oyining Mag‘firat dahasida turibmiz. Bu kunlarda biz Allohdan bilib-bilmay qilgan gunohlarimiz uchun tavba qilib, istig‘for aytib, duoga qo‘l ochib undan ofiyat tilashimiz zarur. Mana shu lahzalardan, daqiqalaru soatlardan unumli foydalanib qolmog‘imiz kerak. Aslida ham Ramazondan olinadigan eng katta foydalarimizdan biri ham gunoh va ma'siyatlardan poklanib olishdir. Bu oyni tavba oyi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi".
Suhbatdoshimizga odamlar orasida ommaviy bo‘lgan savol bilan yuzlanamiz: “Namoz o‘qimasa ham ro‘za tutsa bo‘ladimi? Uning tutgan ro‘zasi joiz hisoblanadimi?”. Savolga javob berar ekan, Isoqjon qori Begmatov shunday dedi:
“Bunday savollarning oddiy xalq orasida yurishi, avvalo, o‘sha odamlarning ibodatga bo‘lgan rag‘bati nishonasidir. Bu hayotiy dunyoda kimdir haj qilishga, yana kimdir ro‘za tutishga, boshqa birov zakot berishga, yana biri esa namoz o‘qishga imkon topadi. Shariatimizning bag‘ri kengligi shundaki, musulmon kishi ibodatlarni ketma-ketlikda bajaraman, demasligi kerak. Imkoniyati qaysi ibodatga rag‘bat qilyapti, Alloh qaysi ibodatga nisbatan hidoyat beribdi, aynan o‘sha ibodatdan boshlash kerak. Namoz o‘qimay, ro‘za tutgan insonga, ro‘zang qabul bo‘lmaydi, deb ayta olmaymiz. Ro‘za tutgan inson bora-bora nafsini jilovlashni o‘rganadi va boshqa ibodatlarga ham tayyor bo‘la boradi”.
Isoqjon qori Begmatov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Ramazon oyining so‘nggi dahalari va undan olinajak foydalar haqida gaplashildi. Inson va uning ibodati masalasi ham suhbat mavzularidan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

17:44 / 25.03.2025
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda joriy Ramazon oyi 29 kunda yakunlanishi kutilyapti. 30 mart Hayit bo‘lishi mumkin

10:32 / 01.03.2025
Saida Mirziyoyeva Ramazon oyi munosabati bilan o‘zbekistonliklarni tabrikladi

22:08 / 28.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

17:09 / 28.02.2025