21 iyun kuni Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud valiahd şahzoda Muhammad ibn Noyifni öz vakolatidan ozod qildi.
Qirol taxt valiahdi sifatida 31 yoşli öğli Muhammad ibn Salmonni e'lon qildi. Bu voqea köpçilikning diqqatini öziga tortdi. Çunki monarxiyaga asoslangan mamlakatlarda valiahdlar (bölajak taxt vorislari) har kuni ham özgartirilavermaydi. AQŞning dunyoga maşhur The New York Times gazetasi bu haqda öz mulohazalarini çop etgan.
Mark Landler va Mark Mazzetti hammuallifligidagi materialda aytilişiça, bu tayinlovda AQŞ prezidenti Donald Trampning aloqasi yöq emas. Gazeta Trampning Saudiyada şahzoda özgarganidan bir soat ham ötmay qirolni tabriklaganiga alohida urğu bergan. Tramp tabrikda yangi valiahdning bu darajani qölga kiritganidan mamnun ekani, u bilan terroçilarga qarşi samarali kuraşga umid qilişini ta'kidlagan.
Naşrning yozişiça, aynan Muhammad ibn Salmonning valiahd bölişini Tramp xohlagan. Prezident yangi valiahd uning Fors körfazida arab-musulmon alyaansini yaratişga bölgan urinişlarida yordam beradi, deb umid qilmoqda. Şuningdek, Tramp va 31 yoşli Muhammad ibn Salmonning Eron böyiça qaraşlari ham bir xil. Tramp Eronga bosim ötkazişda Saudiyaning örni katta deb hisoblaydi.
Times naşri ibn Salmon Trampning kuyovi janob Kuşner bilan ham inoq ekanini ta'kidlagan. Ma'lum bölişiça, Ivanka Trampning turmuş örtoği bölgan Kuşner Tramp prezident etib saylanganidan keyinoq Muhammad ibn Salmon bilan qalin munosabatlar örnatgan. Saudiya delegatsiyasi mart oyida AQŞga kelganida Kuşner bölajak valiahdni öz uyiga tuşlik uçun taklif qilgan. Öz navbatida, Kuşner ham ibn Salmonning Saudiyadagi uyida ötgan oydagi taşrifi davomida tuşlikda bölgan.
Gazetada yozilişiça, sobiq valiahd Obama ma'muriyati bilan yaxşi aloqada edi. Uning sobiq davlat kotibi Jon Kerri bilan ikki marta uçraşgani aytilgan. Ulardan biri şahzodaning rus milliarderidan sotib olgan yaxtasida ötgani e'tiborga molik. Barak Obama aynan sobiq valiahd orqali Eron bilan aloqalarni yaxşilaşga uringan. Tramp esa aksinça, Eronni yançib taşlaşni xohlamoqda, şu sabab unga özi kabi agressiv kayfiyatdagi şerik zarur bölgani ehtimol.












