Roğun GESi töğoni qurilişini boşlaş uçun Vaxş daryosining tösilişi.
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Tojikiston 1 milliard AQŞ dollari miqdorida davlat qimmatbaho qoğozlarini muomalaga kiritmoqçi va uni xalqaro moliya bozorlarida ötkazmoqçi. Qoğozlarni muomalaga çiqariş böyiça hukumat taklifini parlamentning quyi palatasi deputatlari ma'qullagan, deb yozadi Tojikistonning «Asia-plus» media guruhi.

Tojikiston Oliy Majlisi namoyandalar Majlisi deputatlari 21 iyun kuni «xalqaro moliyaviy bozorda muomalaga kiritiş uçun davlat qimmatbaho qoğozlarini bosib çiqariş haqida»gi hukumat taklifini qöllab-quvvatlaşgan.

«Gap strategik loyiha — Roğun GESining qurilişi uçun moliyaviy resurslarni jalb qiliş haqida bormoqda. 2017 yil yanvarida maxsus işçi guruhi tuzilib, u xalqaro moliyaviy institutlar, reyting kompaniyalari, qimmatbaho qoğozlar savdosi bilan şuğullanuvçi agentliklar va yuridik xizmatlar taqdim etuvçi agentliklar bilan muzokaralar olib borgan», — dedi Tojikiston moliya vaziri örinbosari Jamşid Nurmahmadiyon deputatlar oldida çiqiş qila turib.

Uning sözlariga köra, qimmatbaho qoğozlar AQŞdagi xalqaro moliyaviy bozorlarda Amerika qonunçiligiga muvofiq tarzda savdoga çiqariladi.

«Biz allaqaçon Moody’s Investors Service reyting kompaniyasi bilan kelişib qöydik. Biz moliyaviy holat, YaIM hajmi va boşqa mezonlar böyiça kamida ikkita reyting kompaniyasining xulosasiga ega bölişimiz kerak. Muzokaralar olib borilayotgan ikkinçi ana şunday kompaniya SNP reyting kompaniyasi bölib turibdi», — degan vazir örinbosari.

Vazir örinbosarining sözlariga köra, qimmatbaho qoğozlarni joylaştiriş va sotiş buyiça kompaniyalardan biri bilan kelişuvga ham erişilgan. Davlat qimmatbaho qoğozlari savdosi 2018 yildan boşlanadi. «Uşbu qimmatbaho qoğozlarni xarid qilgan kompaniyalar va şaxslarning daromadlari 7,5–8 foiz atrofida böladi», — deya aniqlik kiritgan Nurmahmadiyon.

Davlat qimmatbaho qoğozlarining sotuvga çiqariş jarayonida paydo böluvçi xatarlar haqida parlamentning moliya va byudjyet qömitasi rahbari Şarif Rahimzoda çiqiş qilib, «taşqi qarz miqdori ösişi mumkin — bu xatarlardan biri» ekanligini aytgan. Moliya vaziri örinbosarining tuşuntirişiça, Tojikistonda taşqi qarz YaIMning 40 foizidan oşib ketmasligini belgilab beruvçi çegara bor. Ayni paytda bu körsatkiç 35 foizni taşkil etmoqda.