Amerikalik olimlarning aniqlaşiça, Qöşma Ştatlar aholisi özini-özi himoya qilişga möljallangan öqotar qurolni köproq xarid qila boşladi. Tegişli tadqiqot American Journal of Preventive Medicine’da e'lon qilindi, deb xabar bermoqda EurekAlert!.
Mualliflar öqotar qurolni qöllaş bilan boğliq holatni faqatgina jinoiy nuqtai nazardan emas, balki soğliqni saqlaş yuzasidan ham körib çiqişni taklif etişmoqda. Mutaxassislarning fikriça, bunday vaziyatlar röy berişining oldini olişi mumkin bölgan tendensiyalarni aniqlaş kerak. Xususan, ular qurol işlab çiqaruvçilari tomonidan uni bozorga keng yetkaziş aholi örtasidagi talabga qanday ta'sir körsatişini aniqlamoqçi böldilar.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, AQŞ içki bozorida 1990-2005 yillar davomida har yili taxminan 3-5 million dona öqotar qurol işlab çiqarilgan. Keyingi yillarda bu körsatkiç keskin oşdi va 2013 yilda maksimumga yetdi (10,3 million dona). 2013 yilda işlab çiqarilgan qurolning katta qismi töpponça va miltiqlar hissasiga töğri kelgan.
Ta'kidlanişiça, har yili öqotar qurolni qöllaşdan örtaça 100 ming amerikalik qurbon böladi yoki jabrlanadi. Şu bilan birga, olimlar tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga qaraganda, AQŞ fuqarolari ayni damda qurolga köproq özini-özi himoya qiliş vositasi sifatida qaramoqda.












