Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasiga rais tasdiqlandi
Foto: Wikipedia
Abdulloyev Kamol Talatovich Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 21 iyunda bu haqda tegishli qaror chiqardi, deb xabar bermoqda hukumat portali.
1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tuzilmoqda.
Uyushma tarkibida MChJ shaklida Yong‘oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, Yong‘oq logistika markazi, «Sag agro MTP» MChJ, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida hududiy «Yong‘oqagro» MChJ tashkil etiladi.
Mavzuga oid
13:03 / 20.03.2025
Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi
13:52 / 14.02.2025
Kasaba uyushmalari filiallarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
10:20 / 17.08.2024
Kasaba uyushmalari tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi soddalashtirildi
09:19 / 17.04.2024