Fiat kompaniyasi va Italiyadagi Esselunga supermarketlar tarmoği mijozlarga ikki kun içida rekord miqdorda avtomobil ulaşdi. 48 soat içida Fiat 500 avtomobillaridan deyarli 1,5 ming kişi oldi. Uşbu natija hattoki Ginness rekordlar kitobida ham qayd qilindi. 

Xetçbeklarning mijozlarga yetkazib berilişi Esselunga tanlovi doirasida amalga oşirildi. Tarmoqning birinçi dökoni oçilganining 60 yilligi munosabati bilan doimiy xaridorlar örtasida 1,5 mingta "Fiat" öynaldi.

Butun Italiyadan ğoliblar Fiat zavodiga taklif qilindilar. Dastlab u yerda 1520 ta avtomobil beriş rejalaştirilgandi, biroq 25 kişi sovğani olib ketgani kelolmagan. 48 soat içida bir joyning özida 1495 ta maşina tarqatildi.

Uşbu maşinalar Fiat’ning dizayn-markazi tomondan maxsus tayyorlangandi. 1,2 litr hajm, 69 ot kuçiga ega motorli bu avtomobillarning kuzovi va saloni oq rangda işlangan. Maşina 7 ta xavfsizlik yostiqçasi, iqlim-nazorati va Uconnect 5 multimedia tizimi bilan jihozlangan.