Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 21 iyun kuni Özbekiston Respublikasi va Yevropa tiklaniş hamda taraqqiyot banki örtasida Özbekiston Respublikasida Markaziy Osiyo uçun ekologik reabilitatsiya hisobi böyiça amaliyotlar ötkaziş töğrisidagi hadli bitimni tasdiqladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar berdi.

Hujjat 2017 yilning 16 mart kuni Toşkentda, YeTTB Prezidenti Suma Çakrabarti boşçiligidagi delegatsiya taşrifi doirasida imzolangan.

Özbekiston rahbari uşbu xalqaro bitimni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli idora sifatida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik örganiş, sanoatda, konçilikda va kommunal-maişiy sektorda işlarning bexatar olib borilişini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi (Sanoatgeokontexnazorat)ni belgiladi.

Şavkat Mirziyoyev Taşqi işlar vazirligiga Özbekiston Respublikasi tomonidan körsatilgan xalqaro bitim kuçga kirişi uçun lozim bölgan içki davlat jarayonlari bajarilgani haqida tegişli bildirişnomani yuboriş vazifasini topşirdi.