2017 yilning 20 iyun kuni taxminan soat 17:30 larda voyaga yetmagan Abdulxayev Nizomiddin Abdurazzoq öğli özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirzo Uluğbek tumani hududida fuqaro Baxtiyorov Umarbekka (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) tegişli xonadon eşigi qulfini kalit tanlaş yöli bilan oçgan holda ğayriqonuniy ravişda kirib, 3.460.000 söm pullarni öğirlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Uluğbek tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.











