"Liverpul" "Roma" yarim himoyaçisi Muhammad Salohning transferini rasman e'lon qildi. Futbolçi özining yangi jamoasida 11-raqam ostida maydonda harakat qiladi. 

OAV bergan ma'lumotga köra, 25 yoşli futbolçi "Liverpul" bilan 2022 yilning iyuniga qadar şartnoma imzolagan va uning yillik maoşi esa 5,5 mln yevroni taşkil qiladi. 

"Roma" transfer narxi 42 mln yevroni taşkil etganini va bonuslar sabab yana 8 mln yevroga oşişi mumkinligini ma'lum qildi. 
"Men bu yerda bölişdan juda xursandman. Bu klub uçun nimadir yutişni juda xohlayman. Bizda ajoyib jamoa hamda yaxşi öyinçilar bor", – dedi Saloh. 

Futbolçi "Roma" tarkibida 2015 yildan buyon töp surib kelayotgan edi. U rimliklar safida 83ta öyinda maydonga tuşib, 34ta gol va 24ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.