Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qöqon şahriga taşrifi çoğida 1987 yilda qurilgan Qöqon şahar teatrini borib kördi. Teatr binosi, jumladan, 750 tomoşabinga möljallangan zal zamonaviy ta'mirlangan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Prezident ijodkorlar bilan muloqotda teatrning xalq orasidagi obröyi va nufuzini yanada oşiriş böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

«Teatrni haqiqiy ma'naviyat öçoğiga aylantiriş uçun avvalo yaxşi asarlar kerak. Buning uçun bu yerda taniqli san'at namoyondalari, dramaturglar bilan uçraşuvlar taşkil etib, ijodiy muhit yaratiş zarur» — dedi davlat rahbari.

Ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça körsatmalar berildi. Ijodiy jamoani grim va postijyor mahsulotlari, liboslar, teatrni sahna dekoratsiyalari va konstruksiyalari, parda va boşqa buyumlar bilan ta'minlaş zarurligi ta'kidlandi. Aktyor va rejissyorlarning malakasini oşiriş, yoş mutaxassislar tayyorlaş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.