Farğonada bölib turgan Şavkat Mirziyoyev Qöqon şahriga taşrif buyurdi. ÖzA xabariga köra, prezident Marğilon şahridan poyezd orqali Qöqonga borgan.
Qöqon şahridagi “Şaffof metan sanoat” mas'uliyati çeklangan jamiyatida iqtisodiy loyihalar bilan tanişdi.
Xalqimiz farovonligi yuksalgani sari mamlakatimizda transport vositalari köpayib bormoqda. Ularning yoqilğiga bölgan ehtiyojini ta'minlaş maqsadida siqilgan va suyultirilgan gaz ballonlar işlab çiqariş kengaytirilmoqda.
“Şaffof metan sanoat” MÇJ tomonidan Qöqon şahrida şu yönalişdagi zamonaviy korxona taşkil etiş rejalaştirilgan. Buning uçun eski “Qöqonmaş” zavodining böş turgan binolarida zamonaviy texnologiya örnatiladi. Yiliga 100 ming dona gaz balloni işlab çiqariş va avtotransport vositalariga örnatiş yölga qöyiladi. Korxonada 30 iş örni yaratiladi.
Davlatimiz rahbari uşbu mahsulotlarga bölgan talab bilan qiziqdi. Gaz bilan yuradigan transport vositalari köpaysa, benzin va dizel yoqilğisiga talab kamayadi. Natijada sohadagi xizmatlar arzonlaşadi, imkoniyatlar kengayadi, dedi Prezidentimiz.
Mahsulot tannarxini arzonlaştiriş, işlab çiqarişni ikki barobar oşiriş, sohaga ixtisoslaşgan mutaxassislar tayyorlaş böyiça körsatmalar berildi.
Qöqon şahrida hunarmandlikni va turizmni rivojlantiriş borasida ham qator loyihalar belgilangan. Jumladan, hunarmandlik va zargarlik markazlari taşkil etiş, zamonaviy mehmonxona quriş rejalaştirilgan. Ular qator soliq imtiyozlariga ega böladi, aholi bandligini ta'minlaş, farovonligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şaharda amalga oşirilişi rejalaştirilgan yana bir loyiha – Wi-Fi tarmoğini barpo etiş loyihasi aholi va sayyohlarga qöşimça qulaylik yaratadi.
Loyihalaştirilgan tibbiy xizmat va statsionar davolaş markazi inson manfaatlarini ta'minlaşga qaratilgan. Bu yerda AQŞning “Jyeneral elektrik” kompaniyasidan zamonaviy tibbiy jihozlar örnatiladi. Markaz yiliga 25 ming 500 kişini davolaş, 500 jarrohlik amaliyoti ötkaziş imkoniyatiga ega böladi.
Prezidentimiz aholi salomatligi bilan boğliq bu majmua qurilişini tezlaştiriş zarurligini ta'kidladi.
Şavkat Mirziyoyev “Imano grupp” korxonasi negizida poliuretan qoplamali tayyor çarm işlab çiqariş investitsiya loyihasi bilan tanişdi. Loyiha amalga oşirilgaç, 250 iş örni taşkil etiş imkoniyati yaratiladi.












