Aralaş yakkakuraşlar böyiça taniqli rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko yakşanba kuniga ötar keçasi amerikalik Mett Mitrion bilan Nyu-Yorkdagi Bellator 180 jang keçasida töqnaş keladi.

Avvaliga bu jangçilar San-Xoseda (AQŞ) 18 fevral kuni uçraşişlari lozim edi, biroq jang sanoqli soatlar qolganda bekor qilindi, Mitrionning buyragida kasallik aniqlangan. Natijada Yemelyanenko raqibni almaştirişdan boş tortdi, hamda jang rasman boşqa muddatga köçirildi. 38 yoşli amerikalik öz soğligini yaxşilab oldi va mart oyida jang ötkaziladigan yangi sana ma'lum qillindi.

40 yoşli Yemelyanenko uçun bu sportga qaytganidan söng ötkazadigan uçinçi jang böladi. 2015 yilda Yemelyanenko uç yillik tanaffusdan söng faoliyatini tiklagani haqida ma'lum qildi. Öşa yilning 31 dekabr kuni rossiyalik bir neça daqiqa içida hindistonlik Jaydip Singxni taslim etdi.

2016 yilning iyunida esa Yemelyanenko braziliyalik Fabio Maldonado bilan töqnaşdi. Unda Fyodor hakamlar qaroriga köra ğalaba qozondi.

Yemelyanenko bilan şuğullangan Aleksandr Miçkovning fikriça, Fyodor Mitrion bilan bahsda muammolarga duç kelmasligi kerak. “U ham tezroq, ham ança kuçli zarbaga ega. Agarda uning soğligi bilan hammasi joyida bölsa, jangda katta muammolar bölmaydi”, - degan u.

Xabarlarga köra, Yemelyanenko tayyorgarlikni an'anaviy ravişda yopiq rejimda ötkazdi. 

Rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning xabar qilişiça, 24 iyun kungi jangni juda kutmoqda. "Fyodorning raqibi noodatiy heç narsaga ega emas. Biroq, u çap qölda juda kuçli zarbaga ega, agarda adaşmasam, u çapaqay. Fyodorga birinçi raundda yaxşi kikdaun tilamoqçiman", - dedi Nurmagomedov.

Fyodor Yemelyanenko aralaş yakkakuraşlarda 40 ta jang ötkazib, 36 ğalabaga erişgan. Mitrion esa UFC va Bellator’da qatnaşib, 11 ğalabani qölga kiritgan.