Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat içki işlar idoralari tuzilganining 25 yilligi va Politsiya kuni munosabati bilan içki işlar idoralari xodimlari bilan uçraşdi.  

Nazarboyev yiğilganlarni yubiley sana bilan tabriklab, çorak asr avval aynan şu kuni Qozoğiston içki işlar organlari tuzilganini qayd qilib ötdi.

Nazarboyev Qozoğiston politsiyaçilari hisobida jasorat va haqiqiy qahramonlikka köplab namunalar borligini aytib ötdi.

"Bu odamlar jinoyatçilik bilan kuraşişning birinçi qatorida turadilar hamda fuqarolar erkinliklari va huquqlarini birinçi bölib himoya qiladilar. Oxirgi yillarda faoliyatingizning natijalari oçiq-oydin körinmoqda. Ötgan yilga nisbatan jinoyatçilikning 15 foizdan köproqqa pasaygani qayd qilindi", deb aytdi Nazarboyev. 

Nazarboyev içki işlar organlari xodimlari maoşlarini 1 iyuldan boşlab 25 foizga oşiriş qarorini qabul qilganini ma'lum qildi.

"Odamlar sizga qarab davlat hokimiyati haqida qaror çiqaradilar. Şu sababli politsiyaçi barçaga örnak bölişi kerak. Qozoğistonlik politsiyaçilar bundan buyoğiga ham öz olijanob burçlarini muvaffaqiyatli ado etişda barça sa'y-harakatlarni amalga oşirişlari, bor kuç, tajriba va ğayratlarini ayamay işlaşlariga işonçim komil", deb öz sözlarini intiholadi Qozoğiston prezidenti. 

Nazarboyev uçraşuv davomida bir qator politsiyaçilarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi. 

Nazarboyev tadbir oxirida barça yiğilganlarga maşaqqatli xizmatlari uçun minnatdorçilik bildirdi va ularga soğliq, farovonlik va ma'suliyatli işlarida muvaffaqiyatlar tilab qoldi.