Yor-yor sadolari ostida kirib kelayotgan kelinga köz ilğaboq barça odamlarning nazari tuşadi. Eşikdan gözal kelinlik libosini kiygan kelinçakni körib naqadar quvonasan kişi. Ammo, ayni şu libos xorijdan bojxona nazoratini çetlab ötib, qinğir yöllar bilan olib kirilgan bölsa-çi?  Qizlarimiz hayotidagi eng baxtli damlarni ayni şu qonunbuzarlik aşyosini egniga kiygan holda qarşilayotgan bölsa-çi? Hayotning yangi sahifasiga ana şunday yolğon va qinğirlik vositasi hamrohligida kirib boriş kişiga oğir botadi, albatta, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati.

Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi “Samarqand Aeroport” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro S.Olimovning (ism-şariflar özgartirilgan) bagaj va qöl yuklari közdan keçirilganda, uning yuklari orasida yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd qilinmagan va bojxona xodimining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilinmagan 7 dona kelinlar uçun töy liboslari borligi aniqlandi.

Nazorat-rentgen apparatida qiymati dastlabki ma'lumotlarga köra, 11 mln. sömlik bejirim kelin köylaklari qimmatbaho toşlari-yu şoda-şoda marvaridlari bilan bor böy-bastiça namoyon böldi. Şuningdek, qonunbuzar bu bilan kifoyalanmay, 20 dona  haşarotlarga qarşi qöllaniladigan upalarni ham yaşirinça olib kirayotganligi ma'lum böldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.