Mudofaa vazirligiga qaraşli barça oliy harbiy ta'lim muassasalarida navbatdagi bitiruvçilarni Qurolli Kuçlar qöşinlariga kuzatişga bağişlangan tantanali marosimlar bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mudofaa vazirligiga qaraşli barça oliy harbiy ta'lim muassasalari – Qurolli Kuçlar akademiyasi, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qömondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti, Toşkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakultetida navbatdagi bitiruv munosabati bilan ötkazilgan tantanali tadbirlarda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat taşkilotlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi vakillari, ota-onalar iştirok etib, egniga ofitserlik libosini kiygan öğlonlarga yurt tinçligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yölidagi ezgu işlarda muvaffaqiyatlar tilaşdi.

Mustaqillik yillarida amalga oşirilayotgan aniq çora-tadbirlar tufayli mamlakat ofitserlar tarkibi özining dunyoqaraşi, bilim va tajribasini doimiy ravişda kengaytirib, yuksak kasbiy malaka va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga, mantiqiy fikrlaş qobiliyatiga ega bölib bormoqda va öz oldida turgan vazifalarni hal etişda nostandart yondaşuvlarni faol qöllaşga qodir bölmoqda.

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalarida 28 mutaxassislik böyiça ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuqlardan foydalangan holda öquv jarayonlariga ta'limning innovatsion şakl va usullari joriy etilayotgani harbiy kadrlarni tayyorlaş tizimini eng yangi metodlar asosida takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etyapti. Bu esa bölğusi ofitserlarni Vatanga, milliy istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşga xizmat qilmoqda.