Rossiyalik yakkakuraş jangçisi Fedor Yemelyanenko Bellator 180 musobaqasi doirasida amerikalik Mett Mitrionga mağlub böldi.
Nyu-Yorkda ötgan jang 2 daqiqaga ham bormadi. Ikki sportçi bir-biriga kuçli zarba bergandan keyin yiqilib tuşişgan, biroq amerikalik tezda özini önglab olib, hali örnidan turib ulgurmagan Yemelyanenkoga zarbalar tuşira ketgan. Hakam rossiyalik bir neçta oğir zarbani ötkazib yuborgandan keyin jangni töxtatişga qaror qilgan.
Bu jang fevralda bölib ötişi kerak edi, biroq jangga bir neça soat qolganda amerikalik buyragida toş borligiga gumon bilan şifoxonaga yotqazilgan va jang keyinga qoldirilgandi.
Bu mağlubiyat Yemelyanenkoning Bellator musobaqasidagi birinçi va faoliyatidagi beşinçi mağlubiyati böldi.












