Özbekiston taşqi işlar vazirligi özining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida E-Navbat elektron navbat tizimini joriy etadi.

2017 yil boşidan beri Taşqi işlar vazirligining interaktiv portallari orqali Özbekiston Respublikasining va boşqa xorijiy davlatlarning fuqarolari tomonidan 267 mingdan ziyod murojaat röyxatga olindi, deyiladi idoraning rasmiy saytida e'lon qilingan ma'lumotda.
 
Özbekiston Respublikasining «Elektron hukumat töğrisida», «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari iş faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi qonunlari va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarining ijrosi doirasida TIV interaktiv davlat xizmatlari körsatiş va xorijiy mamlakatlardagi yurtdoşlarimizga hamda çet el fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam uyuştiriş sohasini kengaytirmoqda. Jumladan, vazirlikning rasmiy saytida bizning vatandoşlarimiz uçun muhim bölgan ma'lumotlar öz vaqtida çop etib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili», deb e'lon qilingan 2017 yilning yanvar oyida consul.mfa.uz interaktiv konsullik xizmatlari portalining yangi tahriri işga tuşirildi. Endilikda portalda 10 dan ortiq turdagi interaktiv yoki ma'lumot beruvçi xarakterda bölgan konsullik xizmati yölga qöyilgan.

Jumladan, «Şaxsni tasdiqlaş va Özbekiston Respublikasiga qaytiş Sertifikatini rasmiylaştiriş», «Doimiy yoki vaqtinça konsullik hisobiga oliş» kabi davlat xizmatlari portal yordamida elektron körinişda olib borilmoqda.

Şu bilan bir qatorda, xorijliklarning, jumladan, turistlarning Özbekistonga kiriş vizalarini rasmiylaştiriş jarayonini tezlaştiriş maqsadida E-visa elektron onlayn-arizalarni töldiriş tizimi foydalanişga topşirilgan. Mazkur tizim bugungi kunda beş – özbek, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarida iş olib boradi.

Hozirda TIV hamkorlar bilan birgalikda E-Navbat — elektron navbat tizimini joriy qiliş borasida iş olib borilmoqda. Uşbu tizim Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasida töliq nazoratdan ötgazilgandan söng respublikaning xorijdagi barça diplomatik missiyalarining internet-resurslarida örnatiladi. Bu tizim yordamida fuqarolar özlariga qulay bölgan vaqtda konsullik qabuliga kiriş uçun navbatga yozilib qöyişlari mumkin.

Joriy yil mart oyidan boşlab, yuqorida aytib ötilgan consul.mfa.uz portalida özbekistonliklar uçun onlayn-maslahat servisi iş körsatmoqda. Mazkur servis orqali berilgan savollarga Konsullik boşqarmasi tarkibida maxsus yaratilgan guruhning vakolatli xodimlari javob beradilar. Hozirgi kungaça 250 nafardan ortiq murojaatçi bu onlayn-rejimda öz savollariga javob olişdi.