Qirğiziston poytaxti Bişkekda Örta Osiyoda eng katta masjid deb e'tirof etilayotgan masjid qurilişi öz yakuniga yetdi. Faqatgina masjid hududini obodonlaştiriş işlarigina qoldi, deb xabar bermoqda "Anadolu" axborot agentligi. 

Masjidning maydoni 7,5 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. Masjid içida bir vaqtning özida 6 minggaça kişi ibodat qilişi mumkin. Yaqin atrofdagi hududlar hisobga olinganda, masjidga ibodat qilgani keluvçilar soni 20 minggaça yetişi mumkin. Masjid balandligi 70 metrdan bölgan 4 ta minora va ikkita kirişga ega.

Masjid majmuasi 500 ta avtomobilga möljallangan avtoturargoh, Qur'on tilovati kurslarini taşkillaştiriş uçun xona, anjumanlar zali va favvorani öz içiga olgan. 

Usmon imperiyasi arxitekturasi uslubida yaratilgan uşbu masjidni quriş 2012 yilda boşlangan. Masjid Anqaraning Xöjatepa tumanida joylaşgan Turkiyadagi eng katta masjidga monand qurilgan.