Özbekistonda muborak Ramazon hayiti keng nişonlandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 20 iyundagi «Ramazon hayitini nişonlaş töğrisida»gi qaroriga muvofiq bu yil ham uşbu uluğ ayyom Özbekistonda bayram sifatida keng nişonlanmoqda. 26 iyun kuni mamlakatdagi barça jome' masjidlarida mömin-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etdi. 

ÖzA’ning xabar berişiça, poytaxtdagi Hazrati Imom jome' masjidi ham erta tongdan yurtdoşlarimiz bilan gavjum böldi. Hayit namozi ma'ruzasida Prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 15 iyun kuni poytaxtda ötgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi» mavzuidagi anjumanda sözlagan nutqi mazmun-mohiyatini har bir yurtdoşimiz çuqur örganişi, ayniqsa, jamiyatda soğlom muhitni yanada mustahkamlaş, yoşlar tarbiyasi, tinç-osuda hayotni, muqaddas dinimiz pokligini asraş borasida bildirgan fikrlari har bir yurtdoşimiz uçun hayotiy a'molga, ezgu vazifaga aylanişi şartligi ta'kidlandi. 

Ramazon hayiti arafasida – şu yil 23 iyunda davlat rahbarining "Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom madaniyati markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilinganini olim-ulamolar, ziyolilar, xalqimiz katta xursandçilik bilan qarşi oldi. Prezident ğoyasi bilan “Jaholatga qarşi – ma'rifat” şiori ostida taşkil etilgan mazkur markaz Toşkent şahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondoş hududda barpo etiladi.