Qatarning Vaşingtondagi elçixonasi Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy joriy haftada Vaşingtonga taşrif buyurişini tasdiqladi.

Avvalroq Fox News telekanali öz manbalariga iqtibos keltirgan holda, AQŞ ma'muriyati Vaşingtonda Qatar atrofidagi vaziyatni tartibga soliş va ekstremizmga qarşi kuraşni jadallaştiriş maqsadida arab davlatlari yetakçilari sammitini ötkaziş imkoniyatini körib çiqayotganini ma'lum qilgandi. 

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 5 iyunda Qatarni terrorçilikni qöllab-quvvatlaş va arab davlatlari içki işlariga aralaşişda ayblab, Doha bilan diplomatik aloqalarni uzgandi.