Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada isyonchilar tinchlik sulhi doirasida barcha qurolni topshirdilar
"Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari" (FARC) isyonchi guruhi mamlakat hukumati bilan imzolagan tinchlik sulhini amalga oshirish doirasida barcha qurolni topshirdi. Bu haqda BMTning Kolumbiyadagi missiyasi ma'lum qildi.
"Bugungi kunda missiyada "yo‘l xaritasi"ga ko‘ra, 2017 yil 1 avgustgacha FARC’ning 26 ta lageri xavfsizligini ta'minlashda qo‘llanadigan quroldan tashqari, uning barcha qayd qilingan 7132 dona shaxsiy quroli saqlanmoqda", deb aytildi BMT bayonotida.
Kolumbiya hukumati va isyonchilar 2016 yil 24 noyabrda tinchlik sulhini imzolashdi. Ushbu hujjat yarim asrlik qurolli to‘qnashuvga chek qo‘ydi. 1 dekabrdan kelishuvlarning amalga oshirilishi boshlandi. Qurollar topshirilgandan keyin FARC tugatiladi, uning o‘rniga siyosiy harakat tashkil etiladi.