AQŞning haftalik Time jurnali AQŞ prezidenti Donald Tramp va Suriyaning Halabidan bölgan bloger qiz Bana Alebedni internetdagi eng e'tiborli odamlar deb topdi.

Tramp tvitterdagi sahifasida muntazam xabarlar çop etişi tufayli naşrning "Internetdagi 25 nafar eng nufuzli odamlar" röyxatiga yetakçilik qilmoqda.  Naşrning ta'kidlaşiça, ba'zi hollarda Trampning xabarlari uning "prezidentligiga putur yetkazadi".

"Biroq yakunlanmaydigan drama yoki u evaziga Tramp hozirda tvitterda eng köp obunaçilarga ega bölgan jahon yetakçisi hisoblanadi, bu esa unga öz fikrlarini öz şartlari asosida samarali yetkaziş imkonini beradi", deb yozmoqda naşr.

Halablik qizça ham tvitterdagi xabarlari sababli maşhurlikka erişgan. Jurnalning yozişiça, qizning xabarlari tufayli "köpçilik jurnalistlar Suriyaga borolmayotgan bir paytda butun dunyo Suriyadagi uruşning dahşatlari haqida xabar topdi". Ötgan yil dekabrda qiz ota-onasi bilan Halabni tark etib, qoçqin sifatida Turkiyaga köçib ötdi.

Jurnal talqiniga köra internetdagi eng e'tiborli odamlar röyxatidan şuningdek rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy, britaniyalik yozuvçi Joan Rouling, amerikalik qöşiqçilar Keti Perri va Rianna ham joy oldi.