27 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Vengriya Taşqi iqtisodiy aloqalar va taşqi işlar vaziri Peter Siyarto Toşkent şahridagi Vengriya elçixonasining rasmiy oçilişi hamda elçixona binosida Vengriya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari kötarilişiga bağişlangan marosimda iştirok etişdi.

Özbekiston TIV sayti xabariga köra, mazkur marosimda Vengriya elçisi Peter Santo, Özbekiston va Vengriya TIV rahbarlari nutq sözladi.

Vazir Abdulaziz Komilov öz nutqida Vengriya delegatsiyasini qutlar ekan, Vengriya elçixonasi ikki davlat örtasida yaqin va manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaşda faol boğlovçi böğin vazifasini bajarişiga işonç bildirdi.

Vazir Peter Siyartoning davlatlarimiz örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligiga töğri kelgan mazkur taşrifiga Özbekistonda ikki tomonlama munosabatlardagi muhim voqea sifatida qaraladi. Uşbu taşrif döstlik, teng huquqlilik va özaro manfaatlarni inobatga oliş ruhidagi an'anaviy rivojlanayotgan Özbekiston-Vengriya hamkorligiga jöşqinlik berişga ikki tomonda ham qiziqiş va intiliş borligini tasdiqlaydi.

Abdulaziz Komilov Vengriya delegatsiyasining Özbekiston Vazirlar Mahkamasi, taşqi işlar vazirligi, taşqi savdo vazirligi, qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Investitsiya böyiça Davlat qömitasi hamda Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan bugun bölib ötgan konstruktiv va samarali muzokaralarini mamnuniyat bilan qayd etdi. Mazkur uçraşuvlar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va gumanitar sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

«Işonç bilan aytişni istardimki, bugun biz Özbekiston-Vengriya munosabatlari tarixida yangi sahifani oçmoqdamiz va mamlakatlarimiz örtasida özaro manfaatli va samarali hamkorlikni faol ilgari suriş böyiça birgalikdagi faoliyatimizni davom ettiramiz», - degan Özbekiston TIV rahbari.