Ukraina hukumatining barça kompyuterlari xakerlik hujumiga uçradi. Bu haqda mamlakat boş vaziri örinbosari Pavel Rozenko Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Bundan taşqari, Ukraina Milliy banki mamlakat moliya muassasalari, şuningdek, qator tijoriy va davlat sektori korxonalariga noma'lum virus orqali taşqi xakerlik hujumi uyuştirilganini ma'lum qildi.
Interfaks-Ukraina’ning xabar berişiça, keng kölamli kiberhujum Kiyev metropoliteni, “Kiyevenergo” va “Ukrenergo” hamda boşqa korxonalarga ham qilingan.













