2017 yilning 23 iyun kuni noma'lum şaxs özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yakkasaroy tumani hududida yaşovçi Valeriya Kravçuk (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) xonadoniga ğayriqonuniy ravişda kirib, unga tegişli bölgan jami 1.900.000 sömlik mol-mulkini öğirlagan, deb xabar bermoqda Toşkent IIBB.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik, ya'ni uy-joyga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Ildar Muxtarov Sabiroviç sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda. 

Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.