Rossiyalik biznesmen Alişer Usmonov özining muxolifatçi Aleksey Navalniyga videomurojaati yuzasidan memlar, roliklar va karikaturalar tanlovi yakunlangani va yangisi — ğoliblarning har biriga 1 million rubldan mukofot taqdim etiluvçi yangi tanlov haqida e'lon qildi.

«Menimça, barçamiz töyib xursandçilik qilib oldik... Mening iltimosimga köra, tanlovni qöllab-quvvatlovçi jamoa hamjamiyatimizni qayta şakllantirib, guruhni yangi taşabbuslar maydonçasiga aylantirişadi. Masalan, hozirdan men xalqaro tarmoq kengliklaridagi iqtidorlarni qöllab-quvvatlaşni istayman va şu sababli startaplar tanlovini e'lon qilaman», — deyiladi biznesmenning «VKontakte» ijtimoiy tarmoğida joylaştirgan xabarida.

Tanlovda barça istovçilar qatnaşişi mumkin.

«Har oy oxirida aniqlangan eng yaxşi loyihalar beminnat bir million rubl bilan mukofotlanadi. Yil yakunlariga köra eng diqqatga sazovor loyiha jamoasi esa loyihasiga investitsiya joriy etilişi ehtimoli muhokamasiga taklif oladi», — degan Usmonov.

Avvalgi tanlov yakunlariga köra, qöllab-quvvatlaş jamoasi uç nafar ğolib va xalq ovoziga köra aniqlangan ğolibni iPhone 7 Plus smartfoni bilan taqdirlagan edi. Biznesmenning sözlariga köra, aksiyada ön minglab işlar iştirok etgan.