Yaqinda Andijon viloyati bojxona boşqarmasi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda içki işlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda neft mahsulotlarining talon-taroj etilişi bartaraf etildi, deb xabar bermoqda Andijon viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati.
Asaka şahrida yarim tunda harakatlanayotgan fuqaro U.Umaraliyev boşqaruvidagi “Kamaz” yuk maşinasi belgilangan tartibda töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda, avtomaşina yukxonasiga uddaburonlik bilan yaşirin sisterna örnatilgani aniqlandi.
Suriştiruvlar davomida ma'lum bölişiça, uşbu sisternada fuqaro I.Ismanovga tegişli qiymati salkam 20 mln. sömlik 7894 litr neft mahsulotlari tegişli hujjatlarsiz noqonuniy ravişda olib ketilayotgan ekan.
Xöş, bu neft mahsulotlari qayerdan öğirlandi? Elu yurt manfaati uçun közlangan bu boylikni ömarişda qonunbuzar kimsalarga şerik tutinganlar kimlar?
Bu savollarning barçasiga endi bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari davomida aniqlik kiritiladi. Aybdor kimsalar qonun oldida javob beradi.











