Seşanba kuni "Rosneft" kompyuterlariga yönaltirilgan  Petya şifrli virusi butun dunyo mamlakatlari kompyuterlariga ziyon yetkazdi. Bu haqida "Kasperskiy labaratoriyasi" xalqaro tadqiqot bölimi rahbari Kostin Rayyu özining Twitter'dagi akkauntida xabar berdi. 

Uning sözlariga köra, joriy yilning 18 iyunida paydo bölgan virusning yangi versiyasida Microsoft'ning raqamli soxta imzosi bor. 

InfoWatch boş direktori Natalya Kasperskayaning "TASS"ga ma'lum qilişiça, şifrli virusning özi paydo bölganiga bir yildan oşgan. U asosan fişing xabarlar orqali tarqaladi. 

Kasperskayaning aytişiça, Petya virusining birinçi varianti administratorni talab qilgan. Agar administrator huquqi berilmasa, u kuçsiz bölgan. Şu bois u administrator huquqiga ega boşqa bir tovlamaçi Misha virusi bilan birlaşgan.

Group-IB'ning dastlabki ma'lumotlariga köra, virus Rossiya va Ukrainadagi 80 ga yaqin taşkilotning kompyuterlariga hujum qilgan. Petya virusi kompyuterlarni bloklaydi va operatsion tizimni işga tuşirişga yöl qöymaydi. Qayta tiklaniş va fayllar şifri uçun esa 300 dollar miqdoridagi tölovni talab qiladi. 27 iyun kuni kunduzi Rossiya va Ukrainaning neft, telekommunikatsiya va moliya kompaniyalariga keng kölamli hujum qayd etilgan.