Ravşan Ermatov Konfederatsiyalar Kubogi yarim finalida videotakrorlar böyiça assistent bölib işlaydi.
FIFA rasmiy saytida xabar berilişiça, turnir yarim finali doirasidagi Portugaliya va Çili terma jamoalari örtasidagi bahsni Alirizo Fağoniy boşçiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boşqarib boradi. Uçraşuv videoassistentlari qatorida özbekistonlik Ravşan Ermatov ham bor. Unga şu kuni Abdula Alşalvaiy (Saudiya Arabistoni) va Jayr Marrufo (AQŞ) yordam beradi.
Portugaliya va Çili terma jamoalari örtasidagi yarim final bahsi 28 iyun kuni Qozon şahridagi “Qozon Arena” öyingohida bölib ötadi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 23:00da boşlanadi.












