Bugun, 27 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yiğilişini ötkazdi. U mahalliy mahsulotlarni xorijga eksport qiliş mavzusiga bağişlandi. "Axborot" dasturida şu haqida xabar berildi.
Özbekiston Prezidenti eksport tizimida olib borilayotgan işlarni tahlil qilib, sohadagi kamçiliklar va mutaxassislarning mas'uliyatsizligiga alohida töxtalib ötdi. Davlat rahbari mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşiriş zaruratiga diqqatni qaratdi.
Şuningdek, videoselektor yiğilişida mamlakatning har bir mintaqasi va sohasi böyiça Eksport strategiyasini işlab çiqiş vazifasi qöyildi va bu borada amalga oşiriladigan işlar böyiça tegişli körsatmalar berildi.
Videoselektor yiğilişida ba'zi rahbarlar işdan olinib, ba'zilariga xayfsan e'lon qilindi. Jumladan, "Özbekoziqovqatxolding" va "Özagroeksport" kompaniyalari rahbarlari Odilxon Rustamov hamda Jamşid Holmuhammedovlar egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topildi.
Şu bilan birga, "Özbekçarmpoyabzali", "Özqurilişmateriallari", "Özbekengilsanoat" rahbarlariga xayfsan e'lon qilindi. Bundan taşqari, qator hokimliklar hamda tuman rahbarlari mavjud kamçiliklar uçun ogohlantirildi.
Boş vazir örinbosari Uluğbek Röziqulov va taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyevga sohadagi muammolarni bartaraf etiş böyiça şoşilinç çoralar köriş vazifasi yuklandi.












