«Korrupsiya kabi salbiy illatlarni kötarib çiquvçi jurnalistni haqiqiy jurnalist deb hisoblayman» - Prezident
|00:40 / 28.06.201726 1099 min
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrigi yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Qadrli döstlar!
Avvalo, siz, azizlarni – yurtimizdagi barça jurnalistlar, gazeta va jurnallar, tele-radiokanallar, naşriyot va matbaa korxonalari fidoyilarini, muhtaram faxriylarni Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, sizlarga özimning çuqur hurmat-ehtiromim, ezgu tilaklarimni izhor etişga ruxsat bergaysiz.
Kundalik hayotimizning ajralmas qismi bölgan ommaviy axborot vositalari haqida söz yuritganda, biz, avvalo, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib, hayotning qaynoq nuqtalariga kirib boradigan, xolislik va haqqoniylik, Vatan va xalq manfaatlarini birinçi öringa qöyadigan olijanob va mas'uliyatli kasb egalarini tasavvur qilamiz.
Hurmatli yurtdoşlar!
Butun mamlakatimiz qatori Özbekiston ommaviy axborot vositalari ham mustaqillik yillarida katta rivojlaniş yölini bosib ötganini barçamiz yaxşi bilamiz va bunday yutuqlar bilan haqli ravişda faxrlanamiz.
Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat körsatmoqda. Birgina Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni taşkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yöği 48 soatga teng edi, xolos.
E'tiborga molik jihati şundaki, ommaviy axborot vositalarining tarkibi ham tubdan özgarib bormoqda. Buni yurtimizdagi barça telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Yaqin kunlarda iş boşlaydigan, keçayu kunduz uzluksiz faoliyat olib boradigan “O`zbekiston – 24” telekanali milliy axborot makonida öz munosib örnini va öz tomoşabinlarini topadi, deb işonamiz.
Bu haqda söz yuritganda, eng tezkor axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora çuqur kirib borayotganini alohida qayd etiş lozim. Hozirgi vaqtda global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oşib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat körsatayotgani, uşbu yönalişda yangi ijodiy avlod – Internet jurnalistlari şakllanib borayotgani e'tiborga sazovordir.
Mavzuga oid
Albatta, bunday natijalarga erişişda ommaviy axborot vositalarini rivojlantiriş masalasi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bölib kelayotgani hal qiluvçi rol öynamoqda. Ana şunday e'tibor tufayli ötgan davrda jurnalistlarimiz uçun faoliyat maydonini kengaytiriş, ularning huquq va manfaatlarini ta'minlaş maqsadida köp işlar qilindi. Jumladan, matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallaştiriş va rivojlantiriş, söz erkinligini ta'minlaşga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga töla javob beradigan 10 ga yaqin qonun hujjati qabul qilinib, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi.
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi, Milliy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi kabi taşkilotlar muvaffaqiyatli faoliyat körsatmoqda. Keyingi paytda ularning qatoriga Xalqaro press-klub ham qöşildi.
Siz, azizlarga yaxşi ma'lum, bugungi kunda mamlakatimizda kitob mahsulotlarini naşr qiliş va tarqatiş tizimi samaradorligini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş masalasiga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday muhim vazifani amalga oşiriş uçun yurtimizda 118 ta naşriyot, 1 ming 760 ta matbaa korxonasi, minglab ijodiy va texnik xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning sa'y-harakatlari bilan har yili 7 tilda 60 million nusxadan ortiq kitob çop etilmoqda.
Albatta, bu haqda köp gapiriş mumkin. Lekin ana şu miqdor körsatkiçlarini sifat körsatkiçlariga aylantiriş, şu asosda ommaviy axborot vositalarining haqiqiy törtinçi hokimiyat bölib maydonga çiqişiga erişiş, milliy media maydonimizda fikrlar va qaraşlar rang-barangligini ta'minlaş bugungi kunda dolzarb vazifa bölib qolayotganini barçamiz yaxşi tuşunamiz.
Bu borada 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida eng muhim ustuvor yönalişlar belgilab berilgani sizlarga yaxşi ma'lum, albatta.
Xalq bilan muloqot, odamlarning orzu-intilişlari, dardu taşvişlari bilan yaşaş davlat siyosati darajasiga kötarilayotgan bugungi kunda har bir ommaviy axborot vositasi çinakam muloqot maydonçasiga, erkin fikr minbariga aylangan taqdirdagina biz öz oldimizga qöygan maqsadlarga erişa olamiz.
Ayniqsa, hayotimizdagi mavjud muammolarni, joylarda taşkil etilgan Prezidentning Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonada aholi tomonidan kötarilayotgan ötkir va dolzarb masalalarni, ularning sabab va omillarini oçib beriş, jamiyatimizda tanqid va özini özi tanqid ruhini kuçaytiriş, afsuski, ommaviy axborot vositalari faoliyatida hali töla öz ifodasini topgani yöq.
Bugun zamon şiddat bilan özgarmoqda. Hayot barçamizdan dadil harakatlarni, faol taşabbuslarni, hamma sohada haqqoniy va odil munosabatni talab etmoqda. Köpni körgan, sabr-toqatli, mehnatkaş va olijanob xalqimiz amalga oşirilayotgan ana şunday muhim özgarişlarning natijasini kutmoqda.
El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini röyobga çiqariş, bu yölda ğov bölib turgan turli tösiqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta'magirlik, korrupsiya kabi salbiy illatlarni dadillik bilan kötarib çiqib, ularga qarşi murosasiz jamoatçilik fikrini şakllantirişni öz kasbi, öz hayotining ma'no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman.
Albatta, barçamiz yaxşi tuşunamiz, buning uçun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, öz sözi uçun mas'uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma'naviy jasorat ham talab etiladi. Bunday maqsadga erişiş uçun ommaviy axborot vositalariga qonunçilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, öquv-uslubiy ta'minot nuqtai nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berişimiz kerak.
Zamonaviy milliy jurnalistika maktabini yaratiş köp jihatdan, avvalo, yuksak ma'naviy-intellektual salohiyatga ega bölgan, bugungi kun talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tarbiyalaş bilan çambarças boğliqdir. Bu muhim vazifani amalga oşiriş uçun biz avvalo tegişli oliy öquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, ta'lim standartlari va öquv dasturlarini takomillaştiriş, professor-öqituvçilarning saviyasi va malakasini oşiriş, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, davlat taşkilotlari va fuqarolik institutlari, ekspertlar hamjamiyati, xorijiy va xalqaro ijodiy taşkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuçaytirişimiz zarur.
Bugun Özbekiston barça sohalarda taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöymoqda. Oldimizda turgan, bir-biridan muhim va dolzarb vazifalarni hal etişda, yurtimizda tinçlik-osoyiştalik, özaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini, uning öz kuçiga, ertangi kunga bölgan işonçini oşiriş, hayotimizda qonun va adolat ustuvorligini ta'minlaş, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş, bir söz bilan aytganda, xalq manfaatining çinakam himoyaçisi bölişda ommaviy axborot vositalari bundan buyon ham faol harakat olib boradilar, deb işonaman.
Men siz, muhtaram matbuot ahlining hayotimizni yanada erkin, obod va farovon etiş uçun doimo fidoyilik körsatib yaşaşingizni yaxşi bilaman va sizlarni şu yölda özimning eng yaqin hamkorlarim va yordamçilarim deb hisoblayman. Sizlarning maşaqqatli va mas'uliyatli mehnatingiz öz munosib bahosini topişi, yanada samarali bölişi uçun biz davlatimiz va jamiyatimizning barça kuç va imkoniyatlarini albatta safarbar etamiz.
Aziz va muhtaram döstlar!
Barçangizni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda omad va yutuqlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi