Suriyada Rossiyaning tanklarni qöllab-quvvatlovçi "Terminator-2" jangovar maşinasi suratga olindi. Surat Yusha Yuseef ismli foydalanuvçi tomondan tvitterda çop etildi.
Surat Suriya prezidenti Başar Asadning Rossiya havo-koinot kuçlari samolyotlari joylaştirilgan Hmaymim harbiy bazasiga taşrifi vaqtida olingan. Asad bazada Su-35 qiruvçi samolyotlari va Rossiyada işlab çiqarilgan boşqa qurol-aslahalarni közdan keçirgan. Asadga taşrifi vaqtida Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov hamrohlik qilgan.
Ayni vaqtgaça Suriyaga BMPT-72 "Terminator-2" taşlangani haqidagi ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagandi. Maşinada 30 mm li 2A42 avtomatik puşkalari va "Ataka-T" boşqariluvçi raketa quroli majmuasi joylaştiriladi.
Hmaymim aviabazasi Lataqiya şahridan 25 km uzoqlikda joylaşgan bölib, 2017 yil 18 yanvarda Moskva va Damaşq örtasida Suriyada Rossiya aviatsiya guruhini joylaştiriş haqida kelişuv imzolangan. Hujjatga köra, Rossiyaga aerodromning bir qismidan 49 yil bepul foydalaniş huquqi berilgan.












