Jurnalist va bloger Sanjar Said Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ötkazilayotgan tanlovlardagi şubhali jihatlarga e'tibor qaratdi. U öz munosabatini şaxsiy blogidagi "XTV tanlov e'lon qildi: tomoşaga tayyor turing!" sarlavhali postida bayon etgan.
Yaqinda XTV “Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxşi veb-sayt” tanlovini ötkazdi. Tanlov nizomi ideal işlab çiqilgan: maqsad va vazifalar, tartiblar, baholaş mezonlari va hokazo. Öqigan odam qaniydi öqituvçi bölsamu şu tanlovda qatnaşsam, birinçi örinni olmasam ham mayli edi, ammo bunday adolatli, şarafli tanlovda qatnaşib, özimni baxtiyor his etsam, deydi. Bir dunyo işlari, qöşimça yumuşlari, dala-köçadagi taşvişlaridan ortib veb-sayt yuritayotgan pedagoglarniku aytmay qöyavering. Xullas, yaxşi niyat, bir çimdim umid bilan tanlovda qatnaşiş uçun arizalar berildi, birinçi bosqiç köngildagidek, qoğozlarda yozilganidek ötdi hisob. Ammo navbatdagi va sönggi – Respublika bosqiçi boşlanganidan keyin “ob-havo” butunlay özgardi, osmonni qora, mavhum bulutlar qoplab, öyin şartlari özgardi, yangi iştirokçilar paydo bölib, ğoliblikka da'vo qilişga ötdi. Avval-boşda e'lon qilingan tanlov Nizomiga oçiqçasiga tupurildi, umid bilan tanlovga ariza berganlarning ixlosi batamom sindirildi, hafsalasi pir qilindi.
Tanlov boşidan meni köproq 2-nominatsiya – “Eng yaxşi öqituvçi veb-sayti” qiziqtirgani uçun, uşbu nominatsiya böyiça jarayonlarni kuzatib borişga harakat qildim. Keling, şu haqda batafsilroq töxtalsam.
Nizomga köra, arizalar 23 martdan 12 aprelgaça qabul qilinişi, tanlovni baholaş davri esa 16 mayda yakuniga yetişi lozim edi. Ammo saralanib, Top-10ga kiritilgan 10ta saytning 4tasi 24 martda, 2tasi esa aprelda oçilgani kişini taajjubga soladi, aniqroği şubhalantiradi, qayerdan paydo bölib qoldi ular?! Ötgan bir-ikki oy içida qanday olamşumul yangilikka qöl urişgan ekanki, tuğilgandan ğoliblikka da'vo qilişga ötsa? Qolgan saytlardan 2tasidan biri ham işga tuşganiga unça köp bölmaganiga nima deysiz? Biri 2017 yilning yanvarida, ikkinçisi fevralda oçilgan (milliy domenlar registratorining Cctld.uz sayti asosida). Eng kuçli 10 saytning 2tasi esa 3-darajali domenda bölgani sababli qaçon oçilganini biliş qiyin. Mazkur saytlarning mazmuni, dizayni, texnik holati, foydalanişga qulayligi, davomiyligi haqida gapiriş ortiqçalik qiladi.
Yana bir jihat: Top-10dagi saytning 4tasi Xorazm, 3tasi Jizzaxda oçilgan. Aynan mana şu saytlar 2017 yil 24 martda va aprel oyida oçilgan. Qiziq, boşqa hududlarda sifatli veb-sayt oçib, uni zamonga mos kontent bilan töldirib borayotgan pedagoglar yöqmi? Tanlov uçun oçilgan va tanlovdan keyin qança yaşaşi noma'lum saytlar qanday qilib top-10 reytingiga kirib qolgani tuşunarsiz.












