29 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston yetakçisini yubiley – 60 yoşga tölgani bilan tabrikladi. «Özbekistonda Turkmaniston prezidentini jahon darajasidagi buyuk davlat va siyosat arbobi, boy hayotiy amaliy tajribaga ega iste'dodli rahbar, mamlakati ravnaqi va farovonligi uçun fidokorona xizmat qilişga özini bağişlagan inson sifatida bilişadi», - deya ta'kidlanadi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari Turkmanistonda mart va may oylaridagi uçraşuvlar davomida erişilgan kelişuvlar hamda qabul qilingan qarorlarning amalga oşirilişi amaliy jihatlarini muhokama etişdi. Ular barça darajalardagi aloqalar jadallaşgani, şuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi qöşma loyihalar faol amalga oşirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etişdi.

Davlat rahbarlarining ta'kidlaşiça, stategik şeriklikning yuqori darajasiga erişiş imkonini bergan qalin va samarali özaro aloqalar tajribasi ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatini amalga oşiriş uçun mustahkam asosdir.