Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi-2017 turnirida uçinçi örin uçun uçraşuvda iştirok etmaydi. Marca naşrining xabar berişiça, murabbiylar ştabi Madridning «Real» jamoasi futbolçisiga özining yangi tuğilgan farzandlarini köriş uçun jönab ketişga ruxsat bergan.
«Men terma öyinlariga bor diqqatni jamladim, bu hattoki ikki nafar farzandim dunyoga kelganini bilganimdan söng ham davom etdi. Afsuski, musobaqadagi boş maqsadga erişa olmadik, biroq, işonçim komilki, portugaliyalik işqibozlarga quvonç taqdim etişda davom etamiz. Farzandlarimizni ilk bora körişimdan juda xursand bölaman», - deya yozdi Kriştianu «Feysbuk»dagi sahifasida.
11 iyun kuni Kriştianu Ronaldu egizak farzandli bölgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, Portugaliya Konfederatsiyalar kubogi-2017 yarim finalida Çiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Yakşanba kuni Fernandu Santuş şogirdlari turnirdagi oxirgi uçraşuvda Germaniya va Meksika terma jamoalari uçraşuvida mağlub bölgan jamoaga qarşi uçinçi örin uçun öynaydi.












