Rossiyaning Ryazan şahrida özbekistonlik 3 yoşli qizça köp qavatli uy derazasidan pastga qarab quladi.
Rossiya tergov qömitasi mintaqaviy boşqarmasining xabar qilişiça, fojiali hodisa çorşanba, 28 iyun kuni keçqurun Pugaçyov köçasidagi 12-uyda yuz bergan. Uç yoşli qizça 12-qavatda joylaşgan xonadon balkonidan tuşib ketgan. Guvohlarning sözlariga köra, bola öşa zahotiyoq halok bölgan.
Ma'lum bölişiça, qizçaning ota-onasi Rossiyaga Özbekistondan kelişgan. Öşa keça bolaga uning xolasi qarayotgan edi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, qizça ayol xonadondan biroz vaqtga çiqib ketgan paytda pastga qulagan.
Uşbu holat böyiça suriştiruv olib borilmoqda.

















