Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
ÖzA bergan xabarga köra, davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Rossiyaning neft-gaz sohasidagi uşbu kompaniyasi bilan samarali hamkorlik izçil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladi.
«Jahonning yetakçi neft-gaz korporatsiyalaridan biri bölgan «Lukoyl» mamlakatimizda istiqbolli konlarni qidiriş va özlaştiriş, uglevodorod xomaşyosini çuqur qayta işlaş, tayyor mahsulotni içki va taşqi bozorlarga sotiş kabi qator yirik investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşirmoqda.
Ayni paytda Ustyurt blokini geologik örganiş va Janubi-ğarbiy Hisor neft-gazkondensat konini özlaştiriş işlari hamkorlikda olib borilmoqda», deyilgan xabarda.
Qandim konlar guruhini tartibga keltiriş va gazni qayta işlaydigan zamonaviy majmuani barpo etiş işlari bajarilmoqda. Mazkur zavod yaqin istiqbolda yiliga 8 milliard kub metrdan ziyod tabiiy gazni qayta işlab, xaridorgir gaz mahsulotlari işlab çiqaradi.
Bundan taşqari «Havzak» va «Şodi» konlari özlaştirilmoqda, Qönğirot uçastkasida geologiya-qidiruv işlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan Özbekiston neft-gaz sohasidagi qöşma loyihalarga jalb etilgan investitsiyalar hajmi 6,3 milliard dollarni taşkil etadi.
Uçraşuvda uzoq muddatli hamkorlikning amaldagi loyihalarini amalga oşiriş va istiqbolli loyihalarni tayyorlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Qazib olinadigan tabiiy gazni çuqur qayta işlaşga doir yangi loyihalar, şuningdek, soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlikka alohida e'tibor qaratildi.
Vagit Alekperov Şavkat Mirziyoyevga qabul va Özbekistonda «Lukoyl» kompaniyasi loyihalari qöllab-quvvatlanayotgani uçun samimiy minnatdorlik izhor etdi, neft-gaz sohasida keng kölamli özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga tayyor ekanini ta'kidladi.











