Tibbiyot sohasini zamonaviy fikrlaydigan, çuqur bilimli, mas'uliyatni his etadigan, har jihatdan yetuk kadrlar bilan ta'minlaş masalasiga bugun davlat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Prezident soğliqni saqlaş sohasi mutaxassislari bilan ötkazgan uçraşuvlarda ham bu masalaga alohida töxtalib ötgan edi. Xususan, xalqaro tajribani örgangan holda, tibbiy ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş lozimligini ta'kidlagandi.
Ötgan davr mobaynida Prezidentning mazkur topşiriği yuzasidan olib borilgan işlar, tizimda kutilayotgan özgarişlar va ularning natijasi xususida Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov töxtalib ötdi.
— Har qanday soha rivoji şu yönalişda tayyorlanayotgan kadrlar salohiyatiga boğliq. Xususan, tibbiyot ham, — deydi Soğliqni saqlaş vaziri. — Garçi, eng zamonaviy texnikalar, sönggi texnologiyalar sohaga kiritilsa-da, binolar rekonstruksiya qilinib, mukammal boşqaruv tizimi şakllantirilsa-da, kadrlar masalasida oqsaş bölsa, soha rivojida kutilgan natija bölmaydi. Davlatimiz rahbari boşçiligida şu yilning 5 yanvar va 7 fevral kunlari soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan bölgan uçraşuvlarda, şuningdek, 30 mart kuni ötkazilgan videoselektor majlisida tibbiyot xodimlarini tayyorlaş masalasiga alohida töxtalib ötilgani bejiz emas.
Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasida tibbiy ta'lim tizimini yanada isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarori uşbu yönalişda muhim buriliş yasab berdi.
— Sir emas, hududlarda tibbiy kadrlar yetişmovçiligi bilan boğliq muammolar kuzatilmoqda. Aytingçi, Prezident qarorida buning yeçimi ham nazarda tutilganmi?
— Joylarga çiqib mavjud holat örganilganda, soğliqni saqlaş sohasining birlamçi tizimida kadrlar ta'minotida nomutanosibliklar borligi ayon böldi. Masalan, mamlakatimiz böyiça şifokorlarning umumiy soni 72 ming nafar bölib, har 10 ming aholiga nisbatan 23,5 nafarni taşkil etadi. Ammo ayrim viloyatlarda bu körsatkiç talab darajasida emas.
Mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta'lim muassasalari hamda ularning hududiy filiallarida har yili 2 mingdan ortiq şifokorlar tayyorlanmoqda. Tan oliş kerak, oliy tibbiy ta'lim muassasalarida bakalavriat bosqiçining (davolaş işi) 7 yil davom etişi zamon talablariga javob bermasligi bilan birga, mazkur ta'lim uçun asoslanmagan holda ortiqça moliyaviy mablağlarni ham talab etib kelayotgandi.
Davlatimiz rahbarining mazkur qarorida aynan tibbiy kadrlar yetişmovçiligini bartaraf etiş masalasiga yeçim körsatilgan. Ya'ni, hujjatda tibbiy ta'lim yönalişlaridagi bakalavriat tizimida öqiş muddatlarini belgilaş alohida qayd etildi. Unga köra, 2017/2018 öquv yilidan boşlab davolaş işi, kasbiy ta'lim (davolaş işi), harbiy-tibbiyot işi (davolaş işi), pediatriya işi 6 yil, tibbiy-biologik iş 4 yil, tibbiy profilaktika işi 5 yil etib belgilandi. E'tiborli tomoni, hozirgi vaqtda “davolaş işi”, “kasbiy ta'lim” (davolaş işi), “harbiy tibbiyot işi” (davolaş işi), “pediatriya işi” bakalavriat yönalişlari böyiça ta'lim olayotgan 2-5-bosqiç talabalari ham ta'limni 6 yillik öquv dasturi asosida davom ettirişi közda tutilgan.












