AQŞdagi Jamestown Foundation tadqiqot markazi saytida «Özbekiston Afğonistonga yondaşuvini özgartirmoqda» sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Unda hozirgi kunda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Markaziy Osiyoda samarali va konstruktiv mintaqaviy siyosat olib borayotgani ta'kidlangan. Özbekistonning Qozoğiston, Turkmaniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi sa'y-harakatlari e'tirof etilib, rasmiy Toşkent tomonidan Afğoniston bilan ham aloqalarni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlarga yuksak baho berilgan.
«Uşbu mamlakat bilan hamkorlik kölamini kengaytiriş Özbekiston rahbariyatining turli darajadagi aloqalarni yölga qöyiş borasida yangiça qaraşlarga ega ekani natijasidir. Prezident Şavkat Mirziyoyev özining afğon hamkasbi bilan töğridan-töğri şaxsiy, şu jumladan, xalqaro forumlar sahnasidagi aloqasini yoqlaydi», deyiladi maqolada.
Şu örinda ikki davlat rahbarining şu yil 8 iyun kuni bölib ötgan Şanxay Hamkorlik taşkilotining Ostona sammiti doirasidagi barça yönalişlarda şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilingan uçraşuvi yodga olinadi.
Markaz şuningdek, 2017 yilning yanvar oyida Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Kobulga taşrif buyurgani va Afğoniston rahbariyati bilan muzokaralar olib borgani haqida töxtaladi.
«Mazkur taşrif Toşkent Afğoniston Islom Respublikasini tahdidlar manbasi deb emas, balki transçegaraviy savdo, gumanitar va madaniy aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlariga ega hudud, energetika, infratuzilma va transport sohalaridagi özaro manfaatli mintaqaviy dasturlarni amalga oşirişda faol iştirok etuvçi davlat deb bilişini yaqqol namoyon etdi», deyilgan Jamestown Foundation tomonidan.
Özbekistonning mazkur davlat bilan aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş masalasida qat'iyligining yana bir misoli sifatida joriy yilda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili lavozimining taşkil etilganiga e'tibor qaratiladi. Jamestown Foundation mutaxassislarining e'tirof etişlariça, «bu rasmiy Toşkentning Afğonistonda tinçlik va barqarorlikka erişiş böyiça xalqaro sa'y-harakatlarda faol örin tutişini namoyon etadi».
Maqolada Özbekiston Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyevning sözlaridan iqtibos keltirilib, ikkala mamlakatda ham özaro tovar aylanmasini ayni kundagi 500 million AQŞ dollaridan 2017 yilning oxiriga qadar 1 milliard dollarga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar mavjudligi haqida xabar beriladi.












