AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens iyulda Tbilisiga rasmiy taşrif bilan keladi, deb xabar bermoqda «Interfaks» Gruziya boş vaziri Georgiy Kvirikaşviliga asosan.
Uning sözlariga köra, Pens taşrifi AQŞning Gruziyani qöllab-quvvatlaş böyiça muhim qadamiga aylanadi.
Uning aniqlik kiritişiça, Pens Tbilisida 31 iyul-1 avgust kunlari davomida böladi.
Öz navbatida AQŞning Gruziyadagi elçixonasi xabariga köra, Pens taşrif davomida prezident Georgiy Margvelaşvili, boş vazir Georgiy Kvirikaşvili va Gruziyaning boşqa rahbarlari bilan uçraşadi.












