Qahramon Quronboyev «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati örnida taşkil etilgan Özbekiston Yoşlar ittifoqiga rais böladi. «Kun.uz» manbalari ma'lumot berişiça, qurultoyda taşkilot rahbarligiga aynan uning nomzodi körsatilgan.

Qahramon Quronboyev şu yil yanvarida Özbekiston Respublikasi prezidentining taşkiliy-kadrlar masalasi böyiça davlat maslahatçisining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.

Qahramon Quronboyev 1992 yilda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. 2004 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan. U turli yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi, «Kamolot» YoIH, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritgan.

Bugundan «Kamolot» YoIH faoliyati tugatilib, uning örnini Özbekiston Yoşlar ittifoqi egalladi.

Harakatga şu yil aprelidan buyon Odiljon Tojiyev rahbarlik qilib kelayotgandi, endi u Qahramon Quronboyevga örinbosar bölişi mumkin.